O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2026

12 - 14 may 2026, CAEx / O`zbekiston

Press-relizlar

O’zbekiston energetika forumi 2025: Barqaror energetikaga yo’naltirilgan mintaqaviy hamkorlik


Mamlakat yoqilgʻi-energetika kompleksining eng muhim koʻrgazma-konferentsiya tadbirlaridan biri – Oʻzbekiston energetika haftaligi – UEW 2025 joriy yilning 13-15-may kunlari CAEx Uzbekistan xalqaro koʻrgazmalar markazida boʻlib oʻtadi.

Tashkilotchilar - Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkorlari ICA Eurasia Group va Congresses of Central Asia – CCA. O‘zbekiston energetika haftaligi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “O‘zbekneftgaz” AJ rasmiy ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Haftalik biznes dasturining asosiy elementi “O’zbekiston energetika forumi 2025” hisoblanadi. Bu keng koʻlamli professional platforma boʻlib, uning markaziy tadbiri yalpi majlisdir, shuningdek, “Oʻzbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro anjumani, 5-xalqaro energetika anjumani va Yoqilgʻi-energetika kompleksi yosh mutaxassislari seksiyasi – Youth Energy Section boʻlib o’tadi.

Bu yilgi forum Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari uchun misli koʻrilmagan tarzda mintaqa energetika vazirliklari rahbarlarini, jumladan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Afgʻoniston vazirlari va ularning oʻrinbosarlarini birlashtirgan muhim voqea boʻladi. Ozarbayjon, Malayziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni kabi rivojlangan davlatlarning energetika idoralari rahbarlarining oʻrinbosarlari ham vazirlar muloqotida ishtirok etadilar va keynchalik energetika va yoqilgʻi-energetika sohasida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar vakillari ushbu muloqotni davom etadilar.

Butun mintaqani barqaror va muvofiqlashtirilgan energetika ta’minoti bo‘yicha mintaqaviy sheriklikni muvofiqlashtirish bo‘yicha umumiy vazifaning ustuvorligini ta’kidlagan mazkur tadbir Markaziy Osiyo yagona energetika tizimi doirasida o‘tgan yilgi bir qator tashabbuslarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Tadbirlar Toshkentda bo’lib o’tgan Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Qozogʻiston energetika vazirlarining ikkinchi uchrashuvi, Oʻzbekiston Xalqaro energetika forumini o’z ichiga qamrab oldi, va soʻngra Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari energetika vazirlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tegishli davlat organlari va biznesni, yani O‘zbekiston Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ va O‘zbekistondagi eng yirik ko‘rgazma operatori – Iteca Exhibitions kompaniyasining har tomonlama hamkorligi orqali O‘zbekiston yana global muloqot tashabbuskoriga aylanib borayotgani e’tiborga molikdir.

465 kompaniya va brendlar, 90 ta spiker va 1420 delegat UEW 2025da ishtirok etishlarini tasdiqladi. Tadbir ishtirokchilari geografiyasi 34 mamlakatni qamrab oladi: Afgʻoniston, AQSH, Avstriya, BAA, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Fransiya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Italiya, Koreya Respublikasi, Litva, Malayziya, Monako, Niderlandlar, Norvegiya, Ozarbayjon, Polsha, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Slovakiya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Xitoy, Yaponiya, Oʻzbekiston.

Tadbirning bosh homiysi – “O‘zbekneftgaz” AJ - respublika yoqilg‘i-energetika kompleksining flagmani, uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni ichki bozorga yetkazib berish va eksport qilish bo‘yicha mamlakatimizning yetakchi korxonasidir.

“Barqaror energetikaga yo’naltirilgan mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yanada kengaytirilgan Forum dasturi uch kun davomida, 13-15 may kunlari bo'lib o'tadi. Tadbir dasturi o'tgan yilgi Forumning kun tartibini davom ettiradi - "Xavfsiz energiya kelajagi uchun transformatsiya: energiyaning dinamik o'tishi", shuningdek, "Energetika loyihalarini sarmoyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlari".

“Tizimli ishonchlilik va hamkorlikni kengaytirish” yalpi sessiyasi butun Haftalik ishini ochib, Forumning kelgusi kunlarini muhokama qilishning strategik yo‘nalishini belgilab beradi.

Vazirlar muloqoti formatidagi sessiya barqaror energetikani rivojlantirish va hamkor davlatlar oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlikning asosiy masalalariga bagʻishlangan. Ustuvor mavzular qatorida - umumiy energiya resurslar bozorini shakllantirish, mintaqa davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, zamonaviy energiya yechimlari mavjudligini taʼminlash, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini amalga oshirish.

Yalpi sessiyani moderatori bo’lib - Abu-Dabidagi Nyu-York universiteti biznes professori va CNNning rivojlanayotgan bozorlar bo'yicha sobiq muharriri Jon Defterios boshqaradi. Uning global iqtisodiy tendentsiyalarni chuqur tushunishi, xalqaro jurnalistikadagi tajribasi va akademik ekspertizasi sessiyaning asosiy mavzularini tizimli va chuqur tahlil qilish bilan muhokamalarni to'ldiradi.

Forumning yalpi va texnik sessiyalariga nufuzli xalqaro tuzilmalar – Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik – MAGATE, S&P Global korporatsiyasi vakillari moderatorlik qilishlari ham Forumning yuksak maqomidan dalolat beradi. Spikerlar qatoriga O‘zbekiston qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari kiradi: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, tegishli davlat organlari: Energetika vazirligi, Tog’kon sanoati va geologiya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, xalqaro tashkilotlar, banklar va kompaniyalar rahbarlari va vakillari: IRENA, WNA, OPEC, World Bank, EBRD, ADB, S&P Global, KazMunayGaz, QazaqGaz, XP Group, Acwa Power, Masdar, Honeywell, UzAssystem, SLB, Air Products, World Nuclear Association, Topsoe A/S va ko’plab boshqalar.

Spikerlar va delegatlar tarkibiga tegishli davlat organlari, yetakchi xalqaro neft-gaz va energetika kompaniyalari, moliya institutlari vakillari, xalqaro ekspertlar, ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar sektori va ta’lim muassasalari vakillari kiradi.

Forumning birinchi kunidagi parallel panel sessiyalari, shuningdek, ekspert va strategik muloqotlar delegatlarga chuqur tahlil qilish, professional baholash va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha istiqbollarni ko‘rishni taklif qiluvchi tegishli mavzularning keng doirasini qamrab oladi. Asosiy e'tibor energiya balansi va kelajakka urg'u berish, energiya bozoriga o'tishning drayverlari va to'siqlari, tinch atom energiyasini toza va arzon energiya manbai sifatida rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy va transchegaraviy energiya almashinuvi loyihalariga qaratiladi.

Forumning ikkinchi kuni ham voqealarga va mavzularga boy bo'ladi. Muhokamalar markazida qayta tiklanadigan energiya manbalarini qulay va moslashuvchan energiya tizimiga yoʻl sifatida rivojlantirish, Oʻzbekiston gaz-kimyo sanoati misolida yuqori texnologiyali yechimlarni tatbiq etish, sunʼiy intellektdan foydalangan holda geologiya-qidiruv ishlarini raqamlashtirish, raqamli egizaklar va prediktiv tahlillar kabi mavzular bo’ladi. Sanoatni tizimli modernizatsiya qilish va “sof nol” yo‘nalishidagi transformatsiya, barqaror ishlab chiqarishni ta’minlovchi neft-gaz injiniringi va innovatsiyalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, inson resurslarini strategik rejalashtirish, energetika sohasida ayollar rolini kuchaytirish, buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinadi.

Forumning uchinchi, oxirgi, kunida delegatlarlarga texnologik yechimlar va sanoat salohiyatiga qaratilgan boy dastur taqdim etiladi. Asosiy e’tibor yoqilg‘i-energetika kompleksi barqarorligini ta’minlashning asosiy omili sifatida mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, neft-gaz mashinasozligini rivojlantirish istiqbollariga qaratiladi. Alohida o'rin pitch-sessiyalarga qaratiladi: Yagona sinovlar operatori yoqilg‘i-energetika kompleksi uchun mahsulotlar va texnologiyalarni unifikatsiyalangan baholash tizimini taqdim etadi; "Kronshtadt/FORT" injiniring markazi yangi uskunalar - nasoslar, kompressorlar va ZRA sohasidagi ishlanmalarni taqdim etadi. Shuningdek, burg‘ulash va quduqlarni tugatish uskunalari, nasos va kompressor qurilmalari, ZRA va statik uskunalar ishlab chiqaruvchilarning taqdimotlari bo‘lib o‘tadi. Dastur xaridlar va logistika uchun raqamli yechimlar taqdimotlari bilan to‘ldiriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ qoshidagi “Youth Energy Section” (Yoshlar energiya bloki) an’anaviy yoshlar dasturi Haftalik tadbirlarining ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlaydi. Bu yil “Yoshlar bloki” dasturida hakaton, “Zakovat” intellektual o‘yini, biznes-viktorina, energetika sohasida texnologiya va startap tanlovlari, energiya tejamkorligi mavzusida rasmlar tanlovlari o‘rin olgan.

Forumning homiylik va hamkorlik tarkibi ham tadbirning mavqesini ta'kidlaydi: “O‘zbekneftgaz” AJ, Acwa Power, Masdar, Honeywell UOP, ГК «Росатом», Ural Steel (Уральская сталь), ЕМК Steel, ГД ИНТИ, Бурсервис, TECHENERGY, XP Group (Xpert Petroleum France SAS), UzAssystem, Topsoe, Air Products, SLB, Rosen Group.
O’zbekiston energetika forumi oʻzgaruvchan energetika landshaftida hamkorlikka yoʻnaltirilgan barqaror oʻsish strategiyalari, innovatsion texnologiyalar va energiyani xavfsiz generatsiya masalalarini muhokama qilish uchun platforma hisoblanadi. Tadbir yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish, energetika, uglevodorodlarni qazib olish va “yashil texnologiyalar” sohasida mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovatsiyalarni joriy etish va investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilda O‘zbekiston energetika haftaligining barcha tadbirlari bir platformada o‘tkazilmoqda, bu esa O‘zbekiston energetika sohasini barqaror rivojlantirishga qaratilgan samarali muloqot, ekspert tajribasi, innovatsiya va biznes, muzokaralar va qo‘shma qarorlar muhitini yetkazish imkonini beradi.

Rasmiy ko’mak:
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat qo‘mitasi
  • O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • "O'zbekneftgaz" AJ
  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
FORUM HOMIYLARI VA HAMKORLARI:

Tashkiliy ko’mak:

Bosh media-hamkor:

Hamkor:

Rasmiy transport va logistika hamkori:

Texnik hamkor:

Internet-hamkor:


Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz