O‘zbekiston energetika forumi
Oʻzbekiston xalqaro energetika forumi
2025 yil, 13-15 may kunlari, CAEx Uzbekistan
27-Xalqaro O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025 konferensiyasi
5-Xalqaro O‘zbekiston energetika konferensiyasi

Mamlakatimiz energetika sohasidagi eng muhim tadbir O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ hamda tegishli idora va tuzilmalar rasmiy ko‘magida o‘tkazilmoqda. Anjuman yoqilg‘i-energetika kompleksining barcha strategik muhim tarmoqlarini qamrab olgan holda yoqilg‘i-energetika kompleksida muloqot, hamkorlik va innovatsion yechimlarni amalga oshirish uchun o‘ziga xos platforma yaratmoqda.
Kimlar ishtirok etmoqda?
- Vazirliklar va davlat idoralari vakillari – sohaning asosiy regulyatorlari va strategik ishtirokchilari.
- Asosiy xalqaro va mintaqaviy neft, gaz va energetika kompaniyalarining top-menejerlari – sektor kelajagini belgilovchi yetakchilar.
- Vizionerlar va ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning ekspertlari - ilg'or texnologiyalar va innovatsion yechimlarni ishlab chiquvchilar.
- Xalqaro huquqshunoslar va konsultantlar – huquqiy tartibga solish va strategik rivojlanish bo'yicha mutaxassislar.
- Moliyaviy tahlilchilar va investorlar - energetika sohasidagi investitsiya tendentsiyalarini belgilovchi asosiy ishtirokchilar


O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi rahbariyati hamda yetakchi jahon kompaniyalari top-menejmenti darajasida B2B uchrashuvlari va strategik ahamiyatga ega ikki tomonlama shartnomalarning imzolanishi forumning muhim voqeasi bo‘lib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, uzoq muddatli shartnomalar tuzish va muhim tashabbuslarni ilgari surish uchun eksklyuziv imkoniyatlar yaratib, tadbirning yuqori samaradorligi va amaliy ahamiyatini ta’minlaydi.
Energetika haftaligining uch kunlik voqealarga boy biznes dasturiga quyidagilar kiradi:
- Bozorning asosiy ishtirokchilari bilan samarali uchrashuvlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va strategik bitimlar tuzish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.
- Energetika sektori vizionerlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot yuritish va dolzarb tendentsiyalarni muhokama qilish orqali sohadagi pozitsiyalarni mustahkamlash.
- Ma’lumotlardan eksklyuziv foydalanish – hukumat, tegishli vazirliklar va nazorat qiluvchi organlar vakillariga savollar berish imkoniyati.
- Biznes aloqalarini kengaytirish – yetakchi xalqaro va mintaqaviy kompaniyalar bilan yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
- O‘zbekistonning ustuvor investitsiya loyihalari bilan tanishish – hamkorlik va keng ko‘lamli tashabbuslarda ishtirok etish istiqbollarini ochish.
- Taniqli ekspertlar, texnologik novatorlar va soha yetakchilari bilan tajriba almashish.

