O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2026

12 - 14 may 2026, CAEx / O`zbekiston

Spikerlarga

Hurmatli Energetika haftaligi ishtirokchisi!

Ushbu talablar Energetika haftaligi broshyurasi va internet-saytida joylashtirish uchun tarjimai hollarni taqdim etish tartibini belgilaydi.

Iltimos, talablarni diqqat bilan o'rganib chiqing:

1. Tarjimai holning umumiy hajmi 100 so‘zdan oshmasligi kerak.

2. Spikerning fotosurati rangli, yuzi toʻliq tasvirlangan va oʻlchami 1000×1000 pikseldan kam boʻlmasligi lozim.

3. Tarjimai holning mazmuni quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
  • shaxsiy ma'lumotlar;
  • tashkilot yoki korxonaning nomi, lavozim;
  • professional karyeraning eng muhim bosqichlari va egallangan lavozimlar;
  • ijtimoiy-siyosiy faoliyat va xizmatlar, mukofotlar va hokazo;
  • ta'lim, mutaxassislik, ilmiy daraja va unvonlar;
  • xalqaro faoliyat, loyihalarda ishtirok etish va taqdimotlar.

4. Tarjimai hol ikki tilda: rus va ingliz tillarida taqdim etilsa, minnatdor bo'lamiz.

5. Iltimos, tarjimai hol va yuqori aniqlikdagi fotosuratlarni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: nodir.turabekov@iteca.uz

6. Iltimos, materiallarni 15 apreldan kechiktirmasdan taqdim eting.

Hurmat bilan,
Tashkiliy qo'mita