O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2026

12 - 14 may 2026, CAEx / O`zbekiston

Press-relizlar

Xavfsiz energiya kelajagi uchun transformatsiya: dinamik energetika o`tishi


O'zbekiston energetika haftaligi dasturiga kiruvchi energetika forumi yoqilg'i-energetika sohasining ko'p komponentli voqeasi bo’lib, energetika yetakchilari uchun dinamik energetika o'tishini ta'minlaydigan ilg'or innovatsiyalar va ilhomlantiruvchi g'oyalarni namoyish etuvchi eng muhim platformadir. Forumni yalpi sessiya ochadi va quyidagi ikkita muhim tadbirga start beradi: 26-Xalqaro "O'zbekiston neft va gazi - OGU 2024" anjumani va 4-Xalqaro energetika anjumani.

Anjumanlar ikki kun, 14-15-may kunlari mobaynida, International Hotel Tashkent mehmonxonasining Amir Temur va Crystal Ballroom zallarida bo’lib o’tadi

Anjumanlarda 50 dan ortiq spiker va moderatorlar, quyidagi 19 mamlakatdan 1200 dan ortiq delegatlar ishtirok etadi: Avstriya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Daniya, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Niderlandlar, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya, O'zbekiston, Frantsiya, Yaponiya.

Asosiy mavzusi "O'zbekiston milliy strategiyasiga muvofiq energetika siyosatini uyg'unlashtirish" bo'lgan yalpi sessiya sohaning taniqli ekspertlari va rahbarlari tomonidan chuqur muhokamalar tashabbuskori bo'ladi. Yalpi sessiyada Jon Defterios moderatorlik qiladi, uning rivojlanayotgan bozorlar va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi bilim va tajribasi munozaralarni boy va ma'lumotli qiladi. Uning ekspert fikri, CNN Business dasturining boshlovchisi tajribasi va APCO Worldwide'dagi katta strategik maslahatchi roli sessiyani nafaqat mazmunli, balki qiziqarli qilishga va'da beradi.

Plenar sessiyaning top-ma'ruzachilari orasida Jo'rabek Mirzamahmudov - O'zbekiston Respublikasi Energetika vaziri, Sodiq Safoyev - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar, ya'ni "O'zbekneftgaz" AJ, International Renewable Energy Agency (IRENA), Acwa Power, Masdar, Bureau Veritas, Xitoy milliy yadro korporatsiyasi (China National Nuclear Corporation, CNNC), SOCAR, OPEC, Honeywell va Rosatom davlat korporatsiyasi kabi tashkilotlarning rahbariyati.

Ikki kun davomida xalqaro anjumanlar ishini davom ettirayotgan parallel panel va texnik sessiyalar delegatlar e'tiboriga yetakchi ekspertlarning baholari va fikrlari, eng keng ko'lamli masalalar bo'yicha dolzarb mavzularda taqdimotlar va muhokamalar taklif etadi: energetika loyihalarining investitsion jozibadorligi, raqamli transformatsiya, energiya tizimlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olishning yangi yo'nalishlari, neft-gaz-kimyo majmuasini o'zgartirish, qayta tiklanuvchi energiya integratsiyasi, ESG barqarorlik asoslari.

Ishtirokchilar orasida yetakchi xalqaro neft-gaz va energetika kompaniyalari, moliya institutlari vakillari, xalqaro ekspertlar, ixtisoslashtirilgan davlat tuzilmalari va ilmiy-tadqiqot sohasi vakillari bor.

Forumning homiylik va hamkorlik tarkibi tadbirning maqomini ham ta'kidlaydi: "O'zbekneftgaz" AJ, Acwa Power, Masdar, Honeywell UOP, "Rosatom" davlat korporatsiyasi, Nedra Digital, OilTech, Bureau Veritas, EMK Steel Trade, Rosen Group, Schneider Electric.

Bosh homiy “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘lib, uning faoliyati uglevodorodlar qazib olish, neft va gazni qayta ishlash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni ichki bozorga yetkazib berish va eksport qilishni doimiy o'sishiga , shuningdek, xorijiy investitsiyalarni neft va gaz sohasiga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Platina homiy Acwa Power haqida toʻgʻridan-toʻgʻri kompaniyaning konferentsiya maydonidagi maʼlumotlar stolida koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin. Acwa Power vakillari kompaniyaning jahon va O‘zbekistondagi faoliyati haqida to‘liq ma’lumot beradi.

Oltin homiy Masdar dunyodagi qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi eng tez rivojlanayotgan kompaniyalaridan biridir, va har bir kishi kompaniyaning ma'lumot stolida batafsil ma'lumotga ega bo’lishi mumkin.

Konferentsiyalar doirasida oltin homiylar - Honeywell va Rosatom spikerlari ma'ruzalarini eshitish imkoniyati bo'ladi. Honeywell sanoat texnologiyalarini ishlab chiqadi va Fortune versiyasiga ko'ra dunyoning 100 ta yetakchi kompaniyalar qatoriga kiradi. Rosatom kam uglerodli energetika, jumladan, shamol energetikasini rivojlantirishga e'tibor qaratadi.

Anjumanlar davomida B2B va G2B uchrashuvlarini o'tkazish rejalashtirilgan, ularning kumush homiylari Nedra Digital va Oiltech, kompaniyalari neft va gazni tartibga solish, o'zlashtirish va qazib olish sohasidagi ekspertlardir.

Muhokamalarda Bureau Veritas va EMK Steel Trade bronza homiylari vakillari ham spiker sifatida ishtirok etadilar. Bureau Veritas - laboratoriya sinovlari, tekshiruvlar va sertifikatlash bo'yicha jahon yetakchisidir, EMK Steel Trade esa - neft, gaz, kimyo, energetika sanoati uchun ASTM, EN, DIN, ASME, API, BS, JIS bo'yicha eng yirik metall prokat yetkazib beruvchisi deb hisoblanadi.

Anjumanlarda, shuningdek, sanoat obyektlari texnologik zanjirining barcha bosqichlarida aktivlar yaxlitligini boshqarish bo'yicha keng qamrovli yechimlarga ixtisoslashgan Rosen Group brend hamkori tajribasi taqdim etiladi. Bundan tashqari, ma'ruzachi sifatida innovatsion hamkor Schneider Electric ham ishtirok etadi. Kompaniya samaradorlik va barqarorlikni ta'minlash uchun mo'ljallangan raqamli elektr energiyasini boshqarish va avtomatlashtirish yechimlari bo'yicha jahon yetakchisidir.

O'zbekiston energetika forumi energetika sohasida tajriba, ilg'or praktikalar va strategiyalar almashishni ta'minlovchi noyob biznes platformadir. Mazkur anjumanlar natijalari iqtisodiyotning ushbu muhim sektorida innovatsion yechimlar va strategik hamkorlikni shakllantirishga yordam berib, barqaror va samarali energetikani rivojlantirish uchun uzoq muddatli ta'sir ko'rsatadi.

Rasmiy ko'mak:
  • O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • "O'zbekneftgaz" AJ
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi


Tashkilotchilar
: - Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group. Iteca Exhibitions – O'zbekiston ko'rgazma sanoatining shubhasiz yetakchisi, 30 yillik muvaffaqiyat, ijodiy yechimlar, innovatsiyalar, ishtirokchilarning ishonchi va e'tirofidir. Iteca Exhibitions O'zbekiston kompaniyalari qatoridan birinchisi bo'lib 2007-yilda Butunjahon ko'rgazma sanoati uyushmasining (UFI) haqiqiy a'zosiga aylandi. Kompaniya ko'rgazmalari Iteca Exhibitions hamkorlari tomonidan Qozog'iston, Ozarbayjon, Turkiya, Polsha, Ruminiya va boshqa bir qator mamlakatlarda o'tkaziladigan shunga o'xshash ko'rgazmalar seriyasining bir qismi bo'lib, xorijiy ishtirokchilarning, shu jumladan O'zbekiston bozoriga e'tiborini ta'minlaydi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun, iltimos, Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling

Tel: + (998 71) 205 18 18, E-mail: pr@iteca.uz; www.energyforum.uz