O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2026

12 - 14 may 2026, CAEx / O`zbekiston

O`zbekiston energetikasi sharhi

#yashil_energetika

#yashil_energetika

📈 2026-yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi — bu o‘tgan yilning mos davridagidan 43 foizga ko‘p


👨‍👩‍👧‍👦🔌 Kecha, 20-mart kuni O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2026-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2 mlrd kVt·soatga yetdi.

Avval xabar berganimizdek, bugungi kunda yurtimizda umumiy quvvati 5 582 megavatt bo‘lgan 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 5 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.


📊 Yillar bo‘yicha ishlab chiqarish dinamikasi:

Yil Stansiyalar Ishlab chiqarilgan
2022 Navoiy va Samarqand viloyati QFE stansiyalari 434 mln kVt·soat
2023 QFE stansiyalari 576,9 mln kVt·soat
2024 9 ta quyosh + 1 ta shamol 4 mlrd 860 mln kVt·soat
2025 Barcha quyosh va shamol stansiyalari 10,5 mlrd kVt·soat
2026* Barcha quyosh va shamol stansiyalari 2 mlrd 15,4 mln kVt·soat

* 20-mart 2026 holatiga


⚡ 2026-yil (20-mart holatiga) tafsiloti:

  • Quyosh fotoelektr stansiyalari: 959,2 mln kVt·soat
  • Shamol elektr stansiyalari: 1 mlrd 56,2 mln kVt·soat
  • Jami: 2 mlrd 15,4 mln kVt·soat

Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2026-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1 mlrd kVt·soatni tashkil qilgan edi.


📈 2025-yilning mos davri bilan taqqoslash:

2026-yilning boshidan quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 610,7 mln kVt·soat yoki 43 foizga ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi.


🌿 Ekologik samara (quyosh + shamol, 2026):

  • 537 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
  • ➖ atmosferaga 1 mln 158 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

👨‍👩‍👧‍👦🔌 Joriy yil boshidan 20-mart kuni holatiga O‘zbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalar va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 3 mlrd 160 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

🌿 Ekologik samara (GES + quyosh + shamol, 2026):

  • 839 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
  • ➖ atmosferaga 1 mln 808 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

👨‍👩‍👧‍👦 Ma‘lumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 5,2 mln xonadonning 3 oylik yoki 1,3 mln xonadonning bir yillik me‘yoriy bazasini tashkil qiladi.


Kanalimizga a‘zo bo‘ling 👇
@minenergy_uz

HAMKORLAR