O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2027

12 - 14 may 2027, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar (for all)

O‘zbekistonda chiqindini elektr energiyasiga aylantiradigan yana beshta zavod quriladi

Loyihalarga $625 mln xorijiy investitsiyalar yo‘naltiriladi. Zavodlar Xitoy va Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirokida mamlakatning yetti hududida barpo etiladi.

Ishga tushgach, ular har yili quyidagilarga qodir bo‘ladi:

🔹 1,9 mln tonna chiqindini qayta ishlashga
🔹 635 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga
🔹 158 mln kub metr gazni tejashga

Jami O‘zbekistonda qiymati $1,558 mlrd bo‘lgan 11 ta shunday loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Zavodlar 2027–2028 yillarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

Manba