O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2027

12 - 14 may 2027, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar (for all)

Qung‘irot tumanida yirik shamol elektr stansiyasini qurish ishlari faol bosqichga o‘tmoqda

Qung‘irot tumanida 1,5 gigavatt quvvatga ega yirik shamol elektr stansiyasini qurish va uni yagona energiya tizimiga ulash bo‘yicha ishlar faol bosqichga o‘tmoqda. Qiymati 2,6 milliard dollar bo‘lgan loyiha Saudiya Arabistonining «ACWA» kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

⚡️ Uning doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmoqlari tortiladi, 500 kilovolt kuchlanishli uchta podstansiya quriladi va yana ikkitasi modernizatsiya qilinadi.

Yangi energetika loyihalari Qoraqalpog‘istonning energetik quvvatlarini oshirish, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

Manba