Yangiliklar
Navoiy viloyatida qiymati 390 million dollarlik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
Navoiy viloyati Nurota tumanidajoriy etildi300 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi va 150 MVt quvvatga ega energiya saqlash tizimi ishga tushirildi.
390 million dollarlik loyiha Xitoyning China Energy Overseas Investment kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Ob’ektlarda 30 doimiy ish o‘rni yaratildi.
Stansiya har yili soatiga 657 million kVt yashil elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu hajm qariyb 273 ming xonadonni bir yil davomida taʼminlash uchun yetarli.
Majmuaning ishga tushirilishi har yili 175 million kub metr tabiiy gazni tejash va atmosferaga 377 ming tonna zararli moddalar chiqishining oldini oladi.
Ilgarixabar berdiMustaqilligimizning 35 yilligi arafasida O‘zbekiston hududlarida umumiy qiymati qariyb 50 trillion so‘m bo‘lgan 163 ta ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy soha obyektlari ishga tushirildi. Ularning mehnati natijasida 15 ming ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Manba