O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2026

12 - 14 may 2026, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon “Yashil yo‘lak” loyihasi doirasida ta’sis shartnomasini imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.com) — 2024-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon qo‘shma “Yashil yo‘lak” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ta’sis shartnomasini imzoladi.

Bugun, 27 dekabr kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon davlat rahbarlari o‘rtasida 2024-yil 13-noyabrda imzolangan kelishuvni amalga oshirish maqsadida mamlakatlar tizim operatorlari o‘rtasida ta’sis shartnomasi imzolandi.

Loyihada O‘zbekistondan “O‘zbekenergo” AJ, Qozog‘istondan “KEGOC” AJ, Ozarbayjondan “Azerenerji” AJ ishtirok etmoqda.

Yashil koridor sifatida ham tanilgan loyiha Yevropa Ittifoqining Yashil kelishuv kabi yangi tashabbuslarini hisobga olgan holda savdo imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirish mamlakatlarimiz energetika tizimlari barqarorligini mustahkamlashga yordam beradi va yashil investitsiyalar orqali issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha ekologik maqsadlarimizga sezilarli hissa qo‘shadi.

Tomonlar loyihani Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida amalga oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etish taklifini kelishib oldilar. CESI konsalting kompaniyasi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashda ishtirok etadi.