O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2027

12 - 14 may 2027, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekistonda AES uchun uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda mamlakatda qurilayotgan atom elektr stansiyasi uchun uskunalar ishlab chiqariladigan maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. U Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashadi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqoti chog‘ida aytib o‘tilgan. Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, zona soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘ladi.

Hozirda yuqori kuchlanishli uskunalar, energiya saqlash tizimlarini boshqarish modullari va shamol generatorlari uchun butlovchi qismlar katta hajmda olib kelinmoqda. Biroq allaqachon 850 million dollarlik mahalliylashtirish bo‘yicha 12 ta istiqbolli loyiha tayyorlangan.

Loyihaning zarurligini ta’kidlar ekan, davlat rahbari Xitoyning China Energy kompaniyasini misol keltirdi, u qariyb 200 million dollar qiymatidagi sakkizta energiya saqlash stansiyasini qurishda mahalliy mahsulotlarning qariyb 40 foizidan foydalangan.

O‘tgan yili energetikadagi barcha investitsiya loyihalarida mahalliy tovarlar va xizmatlar qiymati 740 million dollarga yetdi. Prezident bu ko‘rsatkichni 3–4 baravar oshirish mumkinligini aytdi.

Mirziyoyev investorlarni ushbu loyihalarda hamkorlikka taklif qildi. Sanoat kooperatsiyasi agentligi va mahalliy birlashmalar zarur mahsulotlarning sifati va hajmini aniqlashga hamda korxonalar bilan ishni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.

Manba