O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2026

12 - 14 may 2026, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar

Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda ikki yangi elektr stansiyasini quradi

O‘zbekiston hukumati Xitoy kompaniyalari bilan umumiy quvvati 1500 MVt bo‘lgan shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha kelishuvlar imzoladi. Stansiyalar Qoraqalpog‘iston va Jizzax viloyatida joylashadi.

O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha investitsiyaviy kelishuvlarni imzoladi. Imzolash marosimi Samarqandda bo‘lib o‘tgan birinchi xalqaro iqlim forumi doirasida bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi vazirlik.

Qoraqalpog‘istonda 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bitim SANY Renewables International Investment Co., Ltd. kompaniyasi bilan imzolandi.

Shuningdek, Jizzax viloyatining Forish tumanida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha China Electrical Equipment International Company Limited kompaniyasi bilan investitsiyaviy bitim tuzildi.

Ma’lumot uchun, 2024-yil yanvar oyida Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev SANY kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Syan Venboni qabul qilgan edi.

SANY kompaniyasi dunyodagi eng yirik 10 shamol turbinalari ishlab chiqaruvchilari qatoriga kiradi. Kompaniya shamol energiyasi qurilmalari, ularni loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish va boshqarish sohalarida faoliyat yuritadi.

Uchrashuv davomida davlat rahbari kompaniyaning Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurish, shamol turbinalari ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish, qurilish va og‘ir yuk mashinalari ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatladi.

China Electric Equipment Group (CEEG) 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, zamonaviy transformatorlar, quyosh energiyasi saqlash tizimlari, intellektual taqsimot tarmoqlari va vodorod energiyasi texnologiyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Manba: