O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2026

12 - 14 may 2026, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar

Acwa Power mintaqaviy rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O'zbekiston (UzDaily.uz) - Oliy Majlis Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev acwa Power kompaniyasining mintaqaviy rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda energetikaning turli sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Energetika sohasini rivojlantirish va mintaqada energetika xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ilmiy loyihalar ustida birgalikda ishlash masalalari ko'rib chiqildi.

Energetika va geosiyosat sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ta'lim dasturlari va tashabbuslariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Tomonlar o'zaro manfaatli boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.