Yangiliklar
Kecha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va navbatdagi loyihalarni qurish marosimida ishtirok etgan Saudiyaning ACWA Power kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Ahmad Fahad , “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida:
O‘zbekistonda ishlagan vaqtimda bu davlat sarmoyadorlarni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotganiga amin bo‘ldim. Davlatimiz rahbari rahnamoligida barcha hukumat vakillari tomonidan tadbirkorlar va investorlarga doimiy yordam ko‘rsatilmoqda. O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yetarli salohiyat mavjudligi bilan bir qatorda, zarur shart-sharoitlar, soliqlar va boshqa tashkiliy jihatlar ham yumshatilgan.Ayni paytda kompaniyamiz faoliyatida Saudiya Arabistonining O‘zbekiston bilan yaqin aloqalari muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda, O‘zbekiston nafaqat mamlakatimiz sarmoyadorlariga, balki butun dunyo sarmoyadorlariga ham katta sarmoyaviy imkoniyatlar yaratishga qodir.