Yangiliklar
O`zbekiston China Energy bilan "yashil" energetika loyihalari bo`yicha uchta shartnoma imzoladi
Oʻzbekiston “yashil” energetika sohasidagi loyihalarni rivojlantirish doirasida xitoy kompaniyasi bilan uchta kelishuvni imzoladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarda berdi.
24-iyul kuni Wind and Solarshine for Electricity Distribution Panels Manufacturing va China Energy International Group kompaniyalari vakillari qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan hujjatlarni imzoladi.
Birinchi kelishuv Buxoro viloyati Peshkun tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi boʻyicha konsalting xizmatlarini nazarda tutadi. Energetika vazirligi maʼlumotiga koʻra, loyiha mintaqadagi eng yirik loyihalardan biri boʻlib, yuz minglab xonadonlarni toza energiya bilan taʼminlash imkoniyatiga ega.
Ikkinchi kelishuv Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan quvvati 100 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimi loyihasi boʻyicha konsalting xizmatlariga taalluqlidir.
Uchinchi kelishuv amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida muhandislik, pudrat va qurilish ishlarini qamrab oladi.
Energetika vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ushbu loyihalar Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va past uglerodli iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha milliy dasturining bir qismidir.