Yangiliklar
O`zbekiston Xitoyga eng yaxshi 5 ta gaz etkazib beruvchilardan joy oldi
2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoyga 773 million AQSh dollari qiymatida tabiiy gaz eksport qildi. Bu haqda XXR bojxona statistikasi ma’lumotlari guvohlik beradi. Respublika Xitoy bozoriga quvur orqali gaz yetkazib beruvchi eng yirik besh davlat qatoridagi o‘rnini saqlab qoldi.
Yetkazib berish hajmi bo‘yicha yetakchi Rossiya bo‘lib qolmoqda — u 9,41 milliard AQSh dollari miqdorida gaz eksport qilgan. Ikkinchi o‘rinda 8,41 milliard dollar ko‘rsatkich bilan Turkmaniston joylashgan. Keyingi o‘rinlarda Myanma va Qozog‘iston bo‘lib, ular mos ravishda 1,53 va 1,13 milliard dollarlik gaz yetkazib bergan. O‘zbekiston esa eng yirik besh eksportchi qatorini yakunlaydi.
Avvalroq O‘zbekistonda avtomobillar uchun gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga nisbatan vaqtinchalik cheklovlar yana joriy etildi. Energetika vazirligi ushbu choralar keskin sovuqlashuv va gazga bo‘lgan talabning oshishi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi. Toshkentda metan zapravkalarining aksariyati vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, suyultirilgan gaz sotuvchi shoxobchalar odatdagi rejimda ishlashda davom etdi.
Manba