Yangiliklar
O‘zbekistonda energiya saqlash tizimlari faol rivojlanmoqda
O‘zbekiston energetika tizimida energiyani saqlash tizimlari yo‘nalishi faol rivojlanmoqda, bu esa energiya tarmoqlari barqarorligini ta’minlash va qayta tiklanadigan manbalarni samarali integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda birinchi marta Farg‘ona va Andijon viloyatlarida har biri 150 MVt quvvatga ega, umumiy quvvati 300 MVt bo‘lgan ikkita energiya saqlash tizimi ishga tushirilgan.
2025-yilda mamlakatimizda umumiy quvvati 1245 MVt bo‘lgan o‘nta ana shunday tizim ishga tushirildi.
2026-yilda umumiy quvvati 884 MVt bo‘lgan yana oltita tizimni ishga tushirish rejalashtirilgan.
2030 yilga borib Energetika vazirligi mamlakatdagi energiya saqlash tizimlarining umumiy oʻrnatilgan quvvatini 4,5 GVtgacha oshirishni rejalashtirmoqda.
Ushbu infratuzilmaning rivojlanishi nafaqat energiya ta`minoti ishonchliligini oshirish, balki energiyani barqaror rivojlantirish milliy strategiyasiga mos keladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng ko`lamda joriy etish uchun sharoit yaratish imkonini beradi.
Manba