Yangiliklar
O`zbekistonda yashil vodorod ishlab chiqarishning birinchi bosqichi boshlandi
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berishicha, Chirchiq shahrida (Toshkent viloyati) yashil vodorod ishlab chiqarish loyihasining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi tomonidan tashabbus qilingan va umumiy qiymati 88 million AQSh dollarini tashkil etgan loyiha doirasida 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil noyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ACWA Power ishtirokida Toshkent viloyatida yashil vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha pilot obyekt qurilishiga rasman start bergan edi.
Loyiha ikki bosqichdan iborat: birinchi bosqich doirasida 2025 yildayoq yiliga 3 000 tonna hajmda yashil vodorod ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Ikkinchi bosqichda esa Chirchiq shahrida yashil vodorod asosida yiliga 500 ming tonnagacha ammiak ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek umumiy o‘rnatilgan quvvati 2,4 gigavattgacha bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda. Bu O‘zbekistonda barqaror energetika va “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.
Manba