O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2026

12 - 14 may 2026, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan investitsion hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida ta`kidladi.

Saudiya Arabistonining bir qator mashhur internet nashrlarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Arab-Islom sammitida ishtirok etishiga bag‘ishlangan maqolalar e'lon qilindi, deb xabar beradi «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.

«An Nahar» nashri shuni ta'kidlaydi-ki, sammit doirasida mamlakatimiz rahbari Saudiya Arabistoni Investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan uchrashgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

So‘nggi yillarda o‘zaro manfaatli ko‘p tomonlama O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni hamkorligining rivojlanishidan qoniqish bildirildi.

Maqolada, joriy yil oxiriga qadar Saudiya Arabistonining kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonga 2,5 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilinishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Shuningdek, maqolada «yashil energetika», sog‘liqni saqlash, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, issiqlik va suv ta'minoti, qishloq xo‘jaligi, kommunal xizmatlar kabi istiqbolli loyihalarni ilgari surishning ahamiyati ta'kidlangan.

Bundan tashqari, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma hukumatlararo komitetning navbatdagi yig‘ilishi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligi ta'kidlangan.

«Nabd al Hadas» nashri esa Prezident Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Energetika vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salman Al Saud bilan uchrashuviga bag‘ishlangan maqola e'lon qilgan.

Uchrashuvda birgalikda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va «yashil» energetika sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Prezident O‘zbekistondagi energetika sohasini modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgan yetakchi kompaniya «ACWA Power» bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni katta mamnuniyat bilan ta'kidlagan.

Maqolada, ayniqsa, O‘zbekistonda shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish hamda «yashil» vodorod ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirishga alohida e'tibor qaratilganligi qayd etilgan.

«Tomonlar, Saudiya arab kompaniyalarini va maslahatchilarini O‘zbekistondagi korxonalarda lokalizatsiya jarayonlari va energiya samaradorligini oshirishga jalb etish bo‘yicha kelishib oldilar», — deya xulosa qilgan nashr.