O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2026

12 - 14 may 2026, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni Turkiyaning “Cengiz Holding” va “Kalyon Holding” kompaniyalari rahbarlari Mehmet Chengiz va Jemal Kalonju boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidentining yaqinda Anqaraga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Turkiya ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Kompaniyalar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalarini taqdim etdi.

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qurish, yashil energiya quvvatlarini yaratish, birgalikda geologik tadqiqotlar va istiqbolli konlarni o‘zlashtirish shular jumlasidandir.

Qayd etish joizki, Cengiz Holding ishtirokida O‘zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi – Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavatt bo‘lgan zamonaviy elektr stansiyalari ishga tushirildi. Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ortiq bo‘lgan yana bir elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda.