O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2026

12 - 14 may 2026, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar

O`zbekiston va MAAE tinch atom energiyasini rivojlantirish sohasida hamkorlikni kengaytirish bo`yicha yo`l xaritasini qabul qiladilar.

Toshkent, O'zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 4-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAAE) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va amaliy hamkorlikning yangi yo'nalishlarini ilgari surish istiqbollarini muhokama qildilar.

O'zbekiston 1994-yildan buyon MAAE a'zosidir, shu davr mobaynida agentlikdan texnik yordam jalb qilish orqali 40 dan ortiq qo'shma loyihalar amalga oshirildi. Hozirgi kunda mamlakatda huquqiy bazani takomillashtirish, yadro fanini rivojlantirish, tibbiyot va boshqa yo'nalishlarda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Prezident MAAE delegatsiyasining O'zbekistonning vazirliklari va ilmiy muassasalarida o'tkazilgan uchrashuvlar va tadbirlar natijalarini yuqori baholadi. Shuningdek, 5-dekabr kuni Samarqandda o'tkaziladigan atom energiyasini ishlatish masalalariga bag'ishlangan Xalqaro konferensiyaning tashkil etilishi ta'kidlandi, unda sohaning yetakchi ekspertlari ishtirok etadi.

Kelgusi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari sifatida milliy agentliklar malakasini oshirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, MAAE dasturlari doirasida yadro energiyasi, qishloq xo'jaligi, suvdan foydalanish, sog'liqni saqlash va ekologiya sohalaridagi istiqbolli loyihalar belgilandi.

Uchrashuv yakunida tinch atom sohasidagi ko'p yo'nalishli hamkorlikni kengaytirish bo'yicha qo'shma «yo'l xaritasi»ni qabul qilish to'g'risida kelishuvga erishildi.