O`zbekiston Energetika Haftaligi - UEW 2026

12 - 14 may 2026, CAEx / O`zbekiston

Yangiliklar

Toshkent viloyatida qariyb 30 million dollarga yirik shamol elektr stansiyasi quriladi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi.

Loyiha 28 million dollar qiymatga ega bo‘lib, grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Burchmulla hududidan 10 gektar yer shamol stansiyasini qurish uchun ajratildi.

Loyiha xususiyatlari:

Ko‘rsatkich Tafsilotlar
Quvvati 20 MVt
Yillik ishlab chiqarish 129,6 million kVt·soat
Tejaladigan resurslar Yiliga 811,1 ming m³ gaz yoki 3,15 ming tonna ko‘mir
Atrof-muhitga foyda Ifloslanishsiz, ekologiyani himoya qilish
"Stansiyaning yuqori samaradorligi va ekologik xavfsizligi hududda barqaror energiya tizimi uchun muhim qadam bo‘ladi."

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligi mikroGES qurilishi uchun qo‘shimcha 45ta joy ajratdi. Endi rejalashtirilgan mikrogidroelektr stansiyalar soni 128taga yetdi.

Toshkent viloyati hokimligi ma'lumotlari asosida tayyorlandi

Manba